Harbiy xizmatchilarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi taqiqlanmoqda
Oʻzbekiston Qurolli kuchlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanmoqda. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Prezident tomonidan joriy yilning 29-noyabr kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Unga koʻra, Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi. Xususan, qonun bilan Oʻzbekiston Qurolli kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqei bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring