Harbiy xizmatchilar uchun yangi shaharcha foydalanishga topshirildi

“Xalq soʻzi ONLINE”. Shodiyor Mutaharov/Toshkent viloyati. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Ohangaron tumanidagi harbiy qism xizmatchilari uchun bunyod etilgan shinam shaharchadagi uy-joylar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Ohangaronni qoʻshni Tojikiston Respublikasi bilan ajratib turuvchi Qurama togʻ tizmalari yon bagʻrida bunyod etilgan bu moʻjaz harbiy shaharchada yashovchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo.
Uylarning kalitlari DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilaridan 8 nafariga topshirildi.
— Yurtimizda biz — harbiylarga hamisha alohida eʼtibor qaratib kelingan. Koʻrib turganingiz ushbu harbiy shaharchaning qurilib, foydalanishga topshirilishi ham aynan harbiylar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samarasi, deb bilaman. Bir necha safdoshlarim qatori menga ham ushbu uylardan birining berilishi oilamiz uchun bayramga katta sovgʻa boʻldi. Davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrliklarni, albatta, Vatanimiz oldidagi oʻz xizmatimiz bilan oqlashga vaʼda beramiz, – deydi kichik serjant Qurbonnazar Jumayev.
Tadbir katta konsert dasturi bilan davom etdi. Yangragan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayram kayfiyatini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring