Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻz kasbining ustasi unvoni uchun koʻrik-tanlov oʻtkaziladi

12:45 03 Dekabr 2020 Jamiyat
975 0

Prezident qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oʻz kasbining ustasi unvoni uchun koʻrik-tanlov toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Koʻrik-tanlov Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining qoʻshilma, qism va oliy harbiy taʼlim muassasalarida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Koʻrik-tanlov “Eng ilgʻor serjant”, “Eng ilgʻor guruh komandiri”, “Eng ilgʻor vzvod komandiri”, “Eng ilgʻor batalyon komandiri”, “Eng ilgʻor brigada komandiri” nominatsiyalari boʻyicha tashkil etiladi.

Koʻrik-tanlov har yili 1-iyundan 30-dekabrga qadar saralash, okrug va respublika bosqichlarida oʻtkaziladi.

Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Okrug bosqichida:

● 1-oʻrin uchun – diplom va lavozim maoshining bir baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;

● 2-oʻrin uchun – diplom va lavozim maoshining 75 foizi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;

● 3-oʻrin uchun – diplom va lavozim maoshining 50 foizi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti.

 Respublika bosqichida:

● 1-oʻrin uchun – I darajali diplom va lavozim maoshining uch baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda navbatdagi malaka toifasi;

● 2-oʻrin uchun – II darajali diplom va lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;

● 3-oʻrin uchun – III darajali diplom va lavozim maoshining bir baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti.

Koʻrik-tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirida eʼlon qilinadi va taqdirlanadi.

Shuningdek, koʻrik-tanlovning respublika bosqichi gʻoliblariga quyidagi imtiyozlar beriladi:

“Eng ilgʻor serjant” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblarga – Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga tanlovdan tashqari oʻqishga kirish;

“Eng ilgʻor guruh komandiri” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblarga – yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;

“Eng ilgʻor vzvod komandiri” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblarga – Qurolli Kuchlar Akademiyasi malaka oshirish fakultetining oliy kurslariga tanlovsiz oʻqishga kirish, shuningdek, yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;

“Eng ilgʻor batalyon komandiri” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblarga – Qurolli Kuchlar Akademiyasining harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi fakultetiga tanlovsiz oʻqishga kirish, shuningdek, yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;

“Eng ilgʻor brigada komandiri” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblarga – yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер