Harbiy xizmatchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Jahon chempionati yakunlandi

11:14 31 Iyul 2023 Sport
364 0

Dominika Respublikasi poytaxti Santa-Domingo shahrida boʻlib oʻtgan harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi dzyudo boʻyicha Jahon chempionati yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Oʻzbekistonlik harbiy sportchilar umumjamoa hisobida 16 da davlat ichida faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Jamoaviy bahslar davomida hamyurtlarimiz dastlab Janubiy Koreya, shundan soʻng Fransiya va Braziliya jamoalarini magʻlub etib, yaqqol ustunliklarini namoyish etdi.

Taʻkidlash kerakki, harbiy sportchilarimiz mahorati Jahon chempionatini bevosita kuzatib borgan qator davlat mutaxassislari tomonidan eʻtirof etildi.

Shunday qilib, dzyudo boʻyicha navbatdagi Jahon chempionati yakuniga yetdi. Mudofaa vazirligi harbiy sportchilari Oʻzbekiston hisobiga yakkalik bahslarida 2 ta oltin va bitta kumush, jamoa tarkibida esa 2 ta kumush medalni yozib qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?