Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari

Ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab, Yangi Oʻzbekistonning 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor
Taʼkidlanganidek, Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasining birinchi yoʻnalishida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish nazarda tutilgan boʻlsa, ikkinchi yoʻnalishda esa, adolat hamda qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish maqsad qilingan.
Shu bilan birga, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan bir qator maqsad va vazifalar uchinchi — milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida taʼminlash yoʻnalishida aks ettirilgan.
Maʼlumki, 2017 — 2021-yillarda amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasida ijtimoiy himoyani taʼminlashga qaratilgan barcha yoʻnalishlar toʻrtinchi – ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida qamrab olingan boʻlsa, bu galgi Taraqqiyot strategiyasi orqali, bugungi globallashuv jarayonlaridan kelib chiqqan holda, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish hamda maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish kabi ikki ustuvor yoʻnalishga boʻlingan holda oʻz aksini topmoqda.
Xuddi
Jumladan, Farmon loyihasining ikkinchi — Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish yoʻnalishida Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muhim tashabbus va takliflarni oʻzida mujassamlashtirgan maqsadlar nazarda tutilgan.
Xususan, 16-maqsadda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish orqali jamoat tartibini saqlash boʻyicha patrullik xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga tekshirish uchun olib borish tartibini bekor qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yoʻllarda oʻlim holatlarini qisqartirish, jumladan harakatni boshqarish tizimini toʻliq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini taʼminlash belgilangan.
Yana bir 17-maqsadda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning hayotga
Taqdimot yakunida ishtirokchilar tomonidan loyihaga fikr hamda takliflar bildirildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring