Har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

13:15 15 Sentyabr 2022 Siyosat
379 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samarali muzokaralaridan soʻng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilindi.

Davlat rahbarlari Qoʻshma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan.

Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi. Shu jumladan:

– “Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisida memorandum;

– Foydali qazilmalarni oʻzlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Qurilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– 2022-2025-yillarda madaniy almashinuv dasturi;

– Milliy axborot agentliklari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;

– Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;

– Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;

– Buxoro va Kunmin shaharlari oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka doir umumiy qiymati 15 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?