Har qanday urush muzokaralar stolida yakunlanishi kerak — Zelenskiy yana Putin bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirdi

21:27 07 Iyun 2022 Dunyo
927 0

Illyustrativ foto

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda “Financial Times” nashri yozmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, Zelenskiy “jang maydonida gʻalabaga erishish kerak” deydi, ammo ayni paytda u Putin bilan tinchlik muzokaralariga tayyor.

U, shuningdek, Rossiya bilan mojaroda boshi berk koʻchaga tushib qolish ixtiyoriy emasligini qayd etgan.  

— Har qanday urush muzokaralar stolida yakunlanishi kerak, — deydi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Gʻarb davlatlarining Ukraina ishtirokisiz oʻt ochishni toʻxtatishga urinishlar boʻlganini ham maʼlum qilib, “Bizga Gʻarbning doimiy qiziqishi, Ukraina suvereniteti uchun Gʻarb tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak. Hech qachon Ukrainaning orqasida muzokaralar boʻlishi mumkin emas”, deydi Zelenskiy.

Avvalroq, Zelenskiy Moskvaning texnik jihozlanishi boʻyicha Kiyevdan ustunligini tan olgan va shu tufayli mamlakat hujum qila olmasligi aytgan edi. Shuningdek, u yana bir bor Gʻarb davlatlarini Kiyevga qurol yetkazib berishni koʻpaytirishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?