Har yili yaratilayotgan ish oʻrinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga toʻgʻri kelmoqda – Prezident

10:55 20 Avgust 2021 Iqtisodiyot
197 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq soʻzlamoqda.

 Keyingi yillarda sizlar iqtisodiyotimiz va islohotlarimiz tayanchiga hamda lokomotiviga aylandingiz, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Siz kabi ishning koʻzini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz chin maʼnodagi Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlarini koʻramiz.

Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish oʻrinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Ularda hozirgi kunda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilmoqdalar. Agar biz iqtisodiyotimizni yana-da yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?