Har yili SHHT yirik savdo yarmarkasini oʻtkazish taklif etildi

13:12 16 Sentyabr 2022 Siyosat
512 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

SHHTni 2040-yilgacha Rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish mumkinligi, ushbu dasturulamal hujjat koʻp qirrali hamkorlikning barcha yoʻnalishlarini qamrab olishi, SHHTni uzoq muddatli rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berishi lozimligi taʼkidlandi.

Prezidentimiz, avvalo, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning amaliy taʼsirchanligini oshirish gʻoyat muhim ekanini qayd etdi.

Oʻzbekiston SHHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini oʻzaro toʻldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan SHHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirish taklif etildi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida keng koʻlamli iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish maqsadida Oʻzbekistonda SHHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini oʻtkazish taklifi ilgari surildi.

Oʻzbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va oʻzaro savdoni ragʻbatlantirish maqsadida SHHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori.

Har yili SHHT yirik savdo yarmarkasini oʻtkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratish taklif etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?