Har yili noyabrda “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkaziladi

12:39 29 May 2020 Jamiyat
1900 0

“Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (340-son, 28.05.2020-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan har yili 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilindi.

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida hududlardagi turizm infratuzilma obyektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar toʻgʻrisida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining veb-sahifalarida eʼlon qilib boriladi.

Har yili 1-oktyabrga qadar I guruh nogironligi boʻlgan sayohat qiluvchi keksalar roʻyxati shakllantiriladi va ular uchun “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati loyihasi doirasida mamlakat boʻylab yiliga bir marotabadan koʻp boʻlmagan sayohat tashkil qilinadi.

Shuningdek, mahalliy byudjet va uning orttirib bajarilgan qismidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʻiz keksalarning turar joylari taʼmirlanadi.

Qaror bilan Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?