Har yili 1,5 millionga yaqin ayollarni mammografik skriningdan oʻtkazish rejalashtirilgan — SSV

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri Lola Alimxoʻjayeva bu haqda oʻz fikrlarini bildirdi.
— “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida mamlakatimiz boʻylab 45-65 yoshdagi ayollar koʻkrak bezi saratoni skriningidan oʻtkazilishi belgilangan.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda ushbu yosh toifasidagi 3 millionga yaqin ayol istiqomat qiladi.
Bu xastalikning tarqalish koʻrsatkichi har 100 ming nafar aholiga nisbatan 12 nafarni tashkil etadi. 2021-yilda koʻkrak bezi saratoni 4164 nafar opa-singillarimizda birlamchi aniqlangan boʻlib, 62 foizida kasallikning erta — 1-2 bosqichlari kuzatilgan.
Bu bosqichlarda 10 tadan 9 ta holatda xastalikdan xalos boʻlish imkoni boʻladi.
Kelajakda keng koʻlamli skrining tadbirlari yordamida har yili 1,5 millionga yaqin ayollarni mammografik tekshiruvdan oʻtkazish rejalashtirilgan.
Bu borada mobil va statsionar mammografiya komplekslariga tayanamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring