Har bir jamiyat oʻz axborot xavfsizligini himoya qilishga majbur
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy shahrida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Sudyalar oliy maktabi koʻmagida UNESCO, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan “Soʻz erkinligi, axborotdan foydalanish huquqi va jurnalistlar xavfsizligi” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Seminar xalqaro ekspertlar – huquqshunos va olim Joan Barata hamda sobiq prokuror Sabin Ouellet rahbarligida tashkil etildi. Unga Navoiy viloyatining turli hududlarida faoliyat olib borayotgan prokuratura idoralari xodimlari va ikki nafar jurnalist taklif qilindi.

Ushbu seminar Sabin Ouellet tomonidan interfaol uslubda olib borilib, asosiy mulohazalar soʻz va axborot olish erkinligi hamda uning taʼminlanishida prokuratura xodimlari va jurnalistlar oʻrtasida qanday ixtiloflar mavjud degan mavzu atrofida kechdi.
Janob Ouellet muloqot avvalidayoq ushbu seminar ishtirokchilari ism-sharifi va egallab turgan lavozimlari oshkor etilmaslik shartini belgilab, birin-ketin keskin savollarni yogʻdira boshladi. Masalan, uning toʻgʻri soʻzni aytgani uchun blogerning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrimi yoki OAV vakillari kiritilmagan sud jarayonlarini adolatli va shaffof deb hisoblaysizmi, qabilidagi savollar shular jumlasidan.

— Ochigʻi, dabdurustdan berilgan bunday savollar har qanday jurnalistni biroz sarosima solib qoʻyadi, — deydi “Знамя Дружбы” gazetasi muharriri Gulruh Ahatova. — Qolaversa, ushbu muloqotning muddaosi ochiqlanmaganligi edi.
Muloqotda ishtirok etgan prokurorlarning barchasi yosh, tajribasi koʻp boʻlmasa-da dunyodagi soʻz erkinligi bilan bogʻliq mashmashalardan xabardor edi. Ekspertlarga Assanj va Qoshiqchi fojialarini eslatib, har bir jamiyat oʻz konstitutsion tuzumini himoya qilishga majburligini isbotlashdi.
Seminarda jurnalist va prokuratura idoralari xodimlari jamiyat manfaatlarini himoya qilishda oʻzaro munosabatlarini qanday yoʻlga qoʻyishlari va boshqa bir qator mavzular muhokama etildi. Shu bilan birga, jahon tajribasidan misollar keltirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring