Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur — Prezident

16:01 04 Avgust 2022 Siyosat
536 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ushbu tizim tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qoʻmitasida sinovdan oʻtkazildi.

Samarqand viloyati hokimi va DSQ raisi yangi tizim orqali qanday natijalarga erishgani haqida axborot berdi.

Ularning hisobotini tinglab, davlatimiz rahbari yil yakunigacha ishga qabul qilishning ochiq tanlov tizimini barcha idoralarda joriy qilish topshirigʻini berdi.

Buning uchun, ikki oy muddatda oliygohlar diplomlari va mehnat daftarchalarini mavjud elektron bazaga toʻliq kiritib, uni Tanlov elektron platformasiga integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi.

Yil yakuniga qadar 4 mingta boʻsh lavozimga tanlov oʻtkazish topshirildi.

«Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarur.

Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun har bir vazir va viloyat hokimi bir oy muddatda Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini eʼlon qiladi.

Dastur doirasida oliygohlarning bitiruvchi kurslarida oʻqiyotgan qobiliyatli yoshlar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Bunda, nafaqat oʻzimizdagi oliygoh talabalari, balki nufuzli xorijiy oliygohlarda oʻqiyotgan yoshlarimiz ham qamrab olinadi», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер