Har bir mutaxassis oʻz ustida ishlab, yangi bilimlarni egallab borishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Beshinchi yoʻnalish – davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi.
“Hozirgi tez oʻzgarayotgan dunyoda har kuni yangi muammolar va masalalar kelib chiqmoqda. Shunday ekan, har bir mutaxassis oʻz ustida ishlab, yangi bilimlarni egallab borishi kerak”, dedi Prezident.
Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan, bu – rahbarlar kesimida 1 foizga, oʻrinbosarlar boʻyicha esa 5 foizga ham yetmagani koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, malaka oshirganlarning 50 foizdan ortigʻi oʻqitish sifatidan norozi.
Bu borada tayanch muassasa boʻlgan Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilgʻor xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi.
Yigʻilishda Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti videoaloqa orqali bu boradagi takliflarini bayon qildi.
Mutasaddilarga bir oy muddatda:
— xorijiy hamkorlar va nufuzli oʻquv markazlari bilan birga qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
— xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisini oʻqitish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta koʻrib chiqib, oʻqitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring