Har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etiladi

17:28 02 Dekabr 2021 Siyosat
429 0

Arxiv surat

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etilishi maʼlum qilindi. Ushbu klasterlarda xom ashyodan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjiri, loyihalashtirish, zamonaviy texnika va malakali mutaxassislari bor qurilish tashkiloti, sifatni nazorat qilish laboratoriyasi boʻlishi shart. 

Kelgusi yilda uy-joy qurilish klasterlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 150 million dollar resurs jalb qilishga koʻrsatma berildi.

Shuningdek, mavjud xom ashyo yoki yirik korxonalar atrofida qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi. 

Forish, Sariosiyo, Buloqboshi, Qorovulbozor, Paxtachi, Chust, Oʻzbekiston, Ohangaron va boshqa tumanlarda yangi tashkil etiladigan klasterlar infratuzilmasiga 200 milliard soʻm ajratiladi. 

Kelgusi yilda qurilish materiallariga ixtisoslashgan 24 ta tumanda geologiya ishlarini oʻtkazishga 100 milliard soʻm ajratiladi.

Oldinroq, 2022-yilda 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi ва ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kamligi haqida xabar bergan edik

Bundan tashqari, endilikda ipoteka kreditini olishda qarindosh boʻlmagan fuqarolarning kafil boʻlishiga ruxsat beriladigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?