Hamyurtimiz Ozoda Hojiyeva Jahon chempionatida bir yoʻla ikkita medalga sazovor boʻldi

10:35 08 Oktyabr 2021 Sport
524 0

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Turizm va sport vazirligi xabariga koʻra, qizlar oʻrtasida -55 kg. vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda hamyurtimiz Ozoda Hojiyevaning dast koʻtarish mashqidagi har uchala urinishi ham omadli chiqdi.

Siltab koʻtarish mashqida Ozoda Hojiyeva ilk urinishida 92 kg., ikkinchi urinishida 95 kg. ogʻirlikni oʻziga boʻysundirdi. Soʻnggi urinishda esa hamyurtimiz 98 kg. ogʻirlikni koʻtara olmadi. Shunday boʻlsa-da, siltab koʻtarish mashqida hamyurtimiz 3-oʻrinni band etdi.

Ikkikurash natijasiga koʻra, 172 kg. natija qayd qayd etgan O. Hojiyeva 2-oʻrinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining dastlabki kumush medalini taqdim etdi. Oltin medalni esa amerikalik Ketrin Estep qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?