Hamshira 8 chaqaloqni oʻldirishda ayblanmoqda

Angliyaning shimoli-gʻarbidagi Cheshir grafligida Lyusi Legbi ism-sharifli hamshira 8 chaqaloqni oʻldirish va yana 10 nafar yangi tugʻilgan goʻdak hayotiga suiqasd qilishda ayblanmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
30 yoshli tibbiyot xodimi ushbu hududdagi Countess of Chester Hospital shifoxonasining neonatal boʻlimida ishlagan. Ayni paytga kelib u qamoqqa olingan. Aslida shu paytgacha uni ikki marta hibs qilishgan. Ammo roʻy bergan holatga toʻliq aniqlik kiritilgunga qadar har safar gumondor garov evaziga ozodlikka chiqarilgan edi.
Bugun hamshiraga nisbatan ayblov Uorrington magistrlik sudida rasman eʼlon qilinishi kutilyapti.
Tergov 2015-yil iyunidan 2016-yil iyuniga qadar davrda chaqaloqlar oʻlimi bilan bogʻliq holatlarni oʻrgandi.
Sababi 2017-yilda Countess of Chester Hospital shifoxonasida yangi tugʻilgan goʻdaklarning nobud boʻlishi bilan bogʻliq yuqori koʻrsatkich politsiya eʼtiborini tortgan.
Tekshiruv ishlariga yordam bergan shifokorlar esa vafot etgan chaqaloqlar tanasida noodatiy jarohatlarni aniqlashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring