Hamma Nurmagomedovlarni amerikaliklar olib ketishdi — Habib Nurmagomedov

19:47 23 Avgust 2021 Sport
1605 0

Foto: AP

UFCning taniqli jangchisi va sobiq chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun otasi Abdulmannop Nurmagomedov xotirasiga bagʻishlangan turnir ishtirokchilari qatoridan Nurmagomedovlardan hech kim ishtirok etmayotganiga izoh berdi.

«Hamma Nurmagomedovlarni amerikaliklar olib ketishdi. Yoshlar bor, lekin ular professionallarga qarshi tayyor emas. Nurmagomedovlar turnirda qatnashmaydi, lekin hamma zalda boʻladi, barcha qarindoshlar va doʻstlar», deydi Nurmagomedov.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Nurmagomedovlardan Umar va Abubakar hozir «UFC», Usmon esa «Bellator» turnirlarida ishtirok etmoqda.

Abdulmannop Nurmagomedov xotirasiga bagʻishlangan turnir joriy yilning 17-sentyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?