Hamma hayron: Yelizaveta II taxtni boʻshatishdan bosh tortdi

Yelizaveta II qirol oilasi muxlislarini oʻz qarori bilan shok holatiga solib qoʻygan koʻrinadi. Chunki u yaqin orada taxtni boʻshatishdan bosh tortdi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.
Koʻpchilik qirolicha oʻz turmush oʻrtogʻi shahzoda Filippdan oʻrnak olib, 95 yoshida davlat ishlaridan voz kechadi deb oʻylashgan edi. Qirollik tarixida bu kabi anʼanaga koʻnikib qolingan ham.
Hatto britaniyaliklar pandemiya tufayli bu jarayon hatto ertaroq roʻy berishini taxmin qilishgan edi. Negaki 94 yoshli qirolicha omma qarshisida kamnamo boʻlib qolgan edi. Ammo oliy hazratlarining rejalari xalq va merosxoʻr-oʻgʻil orzulari bir-biriga mos tushmadi.
Shahzoda Charlz sabrli boʻlishi, oʻz navbati kelishini kutishda davom etishi kerak. Chunki saroyda Yelizaveta II taxtni tark etish niyatida emasligini maʼlum qilishdi.
Qirol amaldorlaridan biri monarx oʻz vakolatlarini topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Uning aytishicha, qirolicha isteʼfo haqida oʻylagani ham yoʻq.
“Oliy hazratlari hukmronlik qilishda davom etadi. U xalqiga butun umr xizmat qilish niyatida”, — deb taʼkidladi xabardor manba.
Ayni vaqtda monarxning butun oʻylari — COVID-19ga qarshi vaksinada. Virus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashishi bilan, Yelizaveta II toʻliq oʻz vakolatlariga qaytadi.
Bularning barchasi ilk islohotlarni rejalashtirayotgan va modalar olamini zabt etayotgan — yaqinda birinchi liboslar kolleksiyasini chiqargan shahzoda Charlzni quvontirmayotgani aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring