Hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama etildi

2022-yil 5-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A.Saidov Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi A. Pinna bilan uchrashdi.
Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Italiya parlamenti deputatlar palatasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarining istiqbolli yoʻnalishlari muhokama etildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng koʻlamli konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida qonun ijodkorligi va boshqa sohalarda oʻzaro tajriba almashinuvini faollashtirish aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli konstitutsiyaviy islohotlar natijasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan referendumga tayyorgarlik muvaffaqiyatli olib borilayotganligi yuksak eʼtirof etdi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring