Ham sport, ham turizm: Turkiyada velosport boʻyicha oʻziga xos musobaqa boʻlib oʻtmoqda
Turkiyada ham sport, ham turizmni oʻzida uygʻunlashtirgan velosport poygalari oʻtkazilmoqda. Mazkur oʻziga xos turnir mamlakat madaniyat va turizm vazirligi, Turkiya turizmni targʻib qilish va rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil qilindi.
U tarixiy va tabiiy goʻzalliklarga boy maroqli yoʻnalish boʻylab davom etyapti.
Taʼkidlash joiz, “Turkiya Prezident devonining velosiped safari” deb nomlangan musobaqa birinchi marta 1963-yilda mamlakat velosport federatsiyasi tomonidan dunyodagi yagona qitʼalararo velosport tur sifatida tashkil etilgandi. Oʻsha paytda u «Marmara safari» deb atalgan.
Bu yilgi velosiped safari esa 11-aprel kuni Kapadokiyada boshlanib, 18-aprelda Kushadasida tugaydi. Marshrut davomida ishtirokchilar tabiat goʻzalligidan bahramand boʻlishadi. 12 mamlakatdan kelgan ishtirokchilarning bellashuvlari har kuni 3 soat davomida «Yevrosport» TVda namoyish etilmoqda. Bu esa velosiped poygasi ixlosmandlariga oʻz uylaridan turib kuzatib borish imkonini bermoqda.
Velosiped safari masofasi 1347 kilometr atrofida boʻlib, uning marshruti Konya, Beyshehir, Alanya, Kemer, Gogʻubeli choʻqqisi, Fethiye, Marmaris, Turgutreis, Bodrum va Kushadasi kabi tarixiy joylarni oʻz ichiga oladi.
Belgiya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Rossiya, AQSH, Norvegiya, Gollandiya, Qozogʻiston, Shveysariya va Malayziyadan jamoalar va sportchilar sayyohlik yoʻnalishlari boʻylab sayohat qilish bilan birga, Turkiyaning taniqli tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylaridan bahramand boʻlishadi.
Maʼlumot uchun, Turkiyada Barqaror turizm konsepsiyasiga muvofiq, Turizm vazirligi tomonidan “Velosiped uchun qulay turar joy hujjati va xavfsiz turizm sertifikati” joriy qilindi. Ushbu chora-tadbirlar boshqa sanitariya-gigiyena tadbirlari bilan bir qatorda, bu yilgi velosport safari ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi kafolatlangan holda davom etishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring