Halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi

16:13 13 Mart 2023 Jamiyat
400 0

“Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2023-yil 1-apreldan:

— halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 baravari miqdorida belgilanadi;

— harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi doirasida harbiy xizmatchi (xodim) halok boʻlganda toʻlanadigan sugʻurta summasi BHMning 200 baravari miqdorida belgilanadi.

2023-yil 1-maydan:

— oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan pul taʼminotining (ish haqining) 50 foizi miqdorida belgilanadi;

— oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, 23 yoshga toʻlmagan farzandlari) daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi;

— belgilangan tartibda turarjoyga muhtoj deb tan olingan taqdirda, turarjoy bilan birinchi navbatdagi tartibda taʼminlanadi.

2023-yil 1-iyundan:

— halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi;

— halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2-marta temir yoʻl va havo yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

2023-yil 1-dekabrgacha quyidagi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:

— “Faxriylar toʻgʻrisida”gi;

— “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi;

— “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?