Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

17:29 05 Yanvar 2024 Jamiyat
354 0

Bosh prokuratura huzuridagi   Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida fuqaro E.M.ga oʻqish va imtihonga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 700 AQSH dollari va 1,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Bekobod shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.R. fuqaro S.A.ni tanishlari  yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi hamda imtihonlardan oʻtish jarayonida yengillik qilib berish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.A. fuqaro Sh.O.ga tanishlari yordamida “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar  ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер