Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

17:39 28 Fevral 2024 Jamiyat
129 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Mo‘ynoq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.P.va Sh.T. va G.Sh.lar 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishini aytib, fuqaro S.X.dan 16 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.T. va M.Sh. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirib, unga “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Yu. fuqaro O.O.ning ishonchiga kirib, unga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, “A.i.” MCHJ o‘rgatuvchisi Yu.X. fuqarolar R.A. va N.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?