Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

19:10 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
691 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S. I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollari va 1,1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Guliston shahar oʻquv sport texnika klubi oʻqituvchisi T.K. fuqarolar I.B. va Q.U.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.T. boshqa bir fuqaro Sh.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilib, evaziga 6 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер