Haydovchilarga taksichilik qilishlari uchun “ruxsat berib yurgan vallomat”  qoʻlga olindi 

18:08 30 Sentyabr 2020 Jamiyat
742 0

2020-yilning 26-sentyabr kuni 36 yoshli F.X. Boʻka tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida “Sh” ismli shaxs tovlamachilik yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, Boʻka-Olmaliq yoʻnalishida yoʻlovchi tashish mumkin emasligini aytib, uni qoʻrqitgan va bu yoʻnalishda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat bergani uchun har bir haydovchidan 10.000 soʻmdan pul yigʻib kelayotgani, bundan tashqari, yangi qoʻshilgan haydovchilardan esa 400.000-500.000 soʻmdan pul talab qilayotganligini maʼlum qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan Boʻka tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida “Sh” ismli shaxs 36 yoshli Sh.A., ekanligi aniqlanib, undan F.X., dan talab qilib olgan 160.000 soʻm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Holat yuzasidan Boʻka tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Sh.A., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha Sh.A ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?