Hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi

16:28 01 Oktyabr 2024 Jamiyat
232 0

O‘zbekistonda 1-4-oktyabr kunlari o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat 2-oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4-oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30-sentyabr va 3-4-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat asosan kechalari 1-oktyabrda 7-12 daraja bo‘ladi, 2-4-oktyabrda 12-17 darajagacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1-2-oktyabrda 22-27 daraja, 3-4-oktyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda 30-sentyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-22 daraja bo‘ladi. 1-4-oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 3-oktyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari 1-oktyabrda 9-11 daraja, 2-4-oktyabrda 13-16 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 1-2-oktyabrda 24-27 daraja , 3-4-oktyabrda 27-30 daraja bo‘ladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?