Hafta boshida qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum boʻldi

14:33 14 Sentyabr 2024 Jamiyat
400 0

Oʻzgidromet 16-18-sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 16-sentyabrda kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, 17-18-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-sentyabrda 12-17 daraja, 17-18-sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 16-sentyabrda kechki tomon baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, 17-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, 18-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 16-sentyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja,17-18-sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-sentyabrda Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida biroz. Qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 darajada, kunduzi 16-sentyabrda 27-32 daraja, 17-18-sentyabrda 25-30 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 16-17-sentyabrda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, 17-sentyabrda baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. 18-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17-sentyabrda 9-14 daraja, 18-sentyabrda 6-11 daraja, kunduzi 16 va 18-sentyabrda 18-23 daraja, 17-sentyabrda 12-17 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер