Habib Siddiq tavalludining 70 yilligi Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universitetida keng nishonlandi

Oʻsh davlat universitetida oʻz asarlari bilan oʻzbek va qirgʻiz xalqlari qalbidan chuqur oʻrin olgan mohir adib Habib Siddiq tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tantanali marosimda adibning har ikki xalq adabiyoti rivojiga qoʻshgan hissasi haqida fikrlar bildirildi. Yozuvchining qirgʻiz tilida nashr qilingan “Нымкесе” (“Nimkosa”) kitobi taqdimoti ham oʻtkazildi.
—Bunday ijodiy uchrashuvlar oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining azaliy doʻstligini mustahkamlashga, madaniy aloqalarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi,—deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi xodimi Sardorbek Qosimov. –Ustoz Habib Siddiq asarlari qoʻshni qirgʻiz xalqi tomonidan hamisha iliq kutib olingan. Boisi, bizning turmushimiz, madaniyatimiz, dunyoqarashimiz juda oʻxshash. Binobarin, tili, dili, urf-odatlari bir-biriga yaqin boʻlgan ikki qardosh xalq adabiyoti ham oʻzaro uygʻundir.
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, “Shuhrat” medali sohibi, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, dotsent, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondining Andijon viloyat boʻlimi rahbari Habib Siddiq 15 dan ortiq badiiy va dramatik asarlar muallifidir. Uning bir qancha asarlari rus, ingliz, turk, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan. Shuningdek, adib jahon adabiyotining oʻnlab durdona asarlarini oʻzbek tiliga mohirlik bilan oʻgirgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring