Habib Nurmagomedov "UFC"ning barcha reytinglaridan chiqarib yuborildi
Foto: AP
Yengil vazn toifasida “UFC” chempioni Habib Nurmagomedov ushbu tashkilotning barcha reytinglaridan chiqarib tashlandi. Bu haqda UFC rasmiy saytida xabar berildi.
Unga koʻra, reytingining birinchi pogʻonasida, vazn toifasidan qatʼi nazar, yengil vazn toifasida chempion Jon Jons joy oldi. Ikkinchi oʻrinda oʻrta vazn toifasida kamar sohibi Kamaru Usman, uchinchi pogʻonadan ogʻir vazn toifasining eng yaxshi vakili Stipe Miochich joylashdi. Ikki vazn toifasida sobiq "UFC" chempioni Konor Makgregor 15-oʻringa joylashgan.
Shuningdek, yengil vazn toifasida chempionlik kamari vakant deb eʼlon qilindi. Ushbu oʻynalishda reytingning dastlabki uchta pogʻonasidan amerikalik sportchilar Dastin Porye, Jastin Getji va braziliyalik Charlz Oliveyra joylashgan.
Habib Nurmagomedov oxirgi jangini “UFC” 254 turnirida Jastin Getjiga qarshi oʻtkazib gʻalaba erishgan edi. Bahs yakuniga yetishi bilan sportchi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Tashkilot rahbari Dana Uayt Habibni bir necha bor sportga qaytarishga harakat qildi. Ammo u 19-mart kuni nihoyat faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Nurmagomedov professional faoliyati davomida 29 ta bahs oʻtkazib barchasida gʻalaba erishgan. U “UFC”dagi debyutini 2012-yilda oʻtkazgan edi.
Avvalroq Nurmagomedov murabbiylik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring