Gʻuzorda ayol ikki farzandini Mehribonlik uyiga topshirib Rossiyaga ishlashga ketmoqchi boʻldi

02:38 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
461 0

Arxiv surat

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Gulshan” mahallasi Eskibogʻ qishlogʻida yashovchi fuqaro J.G. 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarini yolgʻiz katta qilmoqda. U Rossiya davlatiga ishga ketishni maqsad qilib, 2 nafar farzandini Mehribonlik uyiga topshirish niyatida boʻlgan.

Tuman hokimi Bekzod Suyunov boshchiligida ishchi guruhi aʼzolari oilani daromadini yaxshilash va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida J.G. bilan uchrashgan. Suhbat davomida J.G.ga moddiy yordam berilib, uning ishga joylashtirishi alohida nazoratga olingan. Shundan soʻng, J.G.  Rossiyaga ishlash ketish fikridan hamda 2 nafar farzandini Mehribonlik uyiga topshirish fikridan qaytgan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?