Gʻuzor tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi boʻyicha tenderda ishtirok etishga 12 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

09:51 22 Aprel 2022 Iqtisodiyot
805 0

Фото: Энергетика вазирлиги

Gʻuzor quyosh fotoelektr stansiyasini (QFES) qurish loyihasi boʻyicha mustaqil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (investor-ishlab chiqaruvchilar) uchun tenderning birinchi bosqichi (Malaka soʻrovi – RFQ) boshlanganligi haqidagi eʼlonga javoban Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga xalqaro kompaniyalardan 12 ta ariza kelib tushgan.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida quvvati 300 MVt gacha boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi.

Tender jarayoni eng yuqori xalqaro standartlar hamda ochiqlik va shaffoflik talablariga muvofiq oʻtkaziladi. Tenderda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi uchun ochiq kirishda malaka soʻrovi taqdim etildi.

Tender komissiyasi ishtirokchilardan takliflar kelib tushgandan soʻng, qabul qilingan takliflarning toʻliqligi va maqsadga muvofiqligini baholaydi, shundan soʻng malakali ishtirokchilarning “qisqa roʻyxati” eʼlon qilinadi, ular keyinchalik tenderning ikkinchi bosqichiga (Takliflar soʻrovi – RFP) qoʻyiladi.

Arizalarini topshirgan kompaniyalar roʻyxati:

1. ACWA Power Company (Saudi Arabia)

2. Gaia Energy Limited (UAE)

3. Consortium of China Huadian Engineering Co., LTD. And Universal Energy Co., LTD. (PRC)

4. Concord New Energy Group Limited (PRC)

5. Consortium of GD Power Development Co., Ltd. And PowerChina International Group Limited (PRC)

6. Jinko Power (HK) Company Limited (PRC)

7. Kalyon Enerji Yatırımları A.Ş. (Turkey)

8. Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (UAE)

9. Consortium of ReNew Solar Power Private Limited (India) and Ajlan & Bros Energy Company – Abilitii (Saudi Arabia)

10. Consortium of VPE FUND I LP (UAE), HELIOS MECH PTE. LTD (Singapore), and LLC “Solar Systems” (Russia)

11. TNB Renewables Sdn. Bhd. (Malaysia)

12. Voltalia SA (France).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?