Gurlanda katta miqdordagi turkman manatini dollarga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

13:49 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
430 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari hamda Gurlan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Z. valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, jami 360 000 Turkmaniston manatini fuqaro A.ga 100 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 59 300 Turkmaniston manatini 17 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?