Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

10:36 24 Iyul 2024 Siyosat
810 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishlarining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni yanada koʻpaytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер