Gulnora Karimova tomonidan chet elga noqonuniy chiqarilgan mablagʻga 1400 dan ortiq maktab qursa boʻladi — Adliya vazirligi

14:40 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
544 0

Foto: Arxiv surat

Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh aʼzolaridan undirilishi lozim boʻlgan jami aktivlari taqriban 686 million dollarga teng.

Hozirgacha qariyb 336 million dollar uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln. dollar Oʻzbekistonga qaytishi hal boʻlgan, 205 mln. dollar boʻyicha esa yakuniga yetmoqda.

Hozirgi kunda, qoʻshimcha taqriban 350 million dollar miqdoridagi mablagʻlarni musodara qilish masalasi Shveysariya sudlarida koʻrib chiqilmoqda.

Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklari tomonidan noqonuniy orttirilgan va Oʻzbekistondan olib chiqilgan jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Bu pulga 1400 tadan ortiq maktab qursa boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?