Gullar festivali doirasida xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtdi

18:52 23 May 2022 Jamiyat
586 0

Foto: Халқ сўзи

Namanganda boʻlib oʻtayotgan 61-Xalqaro gullar festivali doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan xalqaro taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Chet tillarini oʻqitishda til va tarjimaning roli mavzusidagi ushbu anjumanda dunyoning oʻndan ortiq davlatlaridan qirqqa yaqin tilshunos olimlar va professor-oʻqituvchi ishtirok etmoqda.

AQSH, Fransiya, Daniya, Portugaliya, Zambiya, Rossiya, Belarus, Turkiya, Hindiston, Qozogʻiston kabi davlatlar vakillari qatnashayotgan forumda nufuzli festival va anjumanlarda tarjima jarayonlarini tashkil etish, gid xizmatlari borasida soʻz yuritildi. Mazkur sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun ilmiy asoslarni yaratish, maxsus qoʻllanmalar nashr etish masalalariga alohida urgʻu berildi.

NamMTI rektori Odiljon Mamatkarimovning aytishicha, forum mehmonlari Namanganda davom etayotgan Xalqaro gullar festivalining tashkiliy jarayonlarini, tarjima va gid xizmatlarini yuqori baholaganlar.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?