Gulistondagi viloyat musiqali drama teatrida yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Guliston shahridagi viloyat musiqali Drama teatrida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 5-avgust kuni soat 18:06 da Guliston shahri “Shodlik” MFY, Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan obyektlardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 18:09 da voqea joyiga yetib borgan hamda soat 18:12 da yongʻinni qurshab olib, 19:00 da toʻliq oʻchirgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring