Sirdaryoda Janubiy Koreya tajribasi asosidagi bogʻcha quriladi

Foto: Arxiv surat
“Koreya-Oʻzbekiston” biznes assotsiatsiyasining (KUBA) koreyalik ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya direktorlar kengashi raisi Kim Chang Keon boshchiligida Sirdaryo viloyatida boʻlishdi.
Xabarga koʻra, hamkorlik viloyatda shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda maktabgacha taʼlim sohasida boshlangan muzokaralarni davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Samimiy va ishchanlik ruhida kechgan muloqot davomida aniq loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan. Xususan, tez orada Guliston shahrida qator afzalliklarga ega, qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan “Aqlli shahar” barpo etish boshlanadi.
Hamkorlik shartlarida “EduLink Global” kompaniyasi tomonidan “Guliston New City” loyihasi doirasida Janubiy Koreya tajribasi asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi ham nazarda tutilgan.
Uchrashuvdan soʻng mehmonlar amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning hudud infratuzilmasi bilan tanishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring