Gulistonda “Save Aral” xalqaro xayriya marafoni start oldi

16:00 21 Fevral 2022 Sport
849 0

Kecha, 20-fevral kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi koʻmagida “Save Aral” xalqaro xayriya poygasining navbatdagi mavsumiga start berildi.

Joriy yilgi marafonning ilk startida 2 mingga yaqin qatnashchi ishtirok etdi. Qizlar oʻrtasida marraga birinchi boʻlib toshkentlik Anastasiya Silchenkova yetib kelgan boʻlsa, finish chizigʻini ikkinchi boʻlib sirdaryolik Dariya Antropova bosib oʻtdi. Faxrli 3-oʻrin esa Despina Bandaletova (Sirdaryo viloyati)ga nasib etdi.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida sirdaryolik Viktor Tsurenko gʻolib boʻldi. 2-oʻrinni Toshkent shahri vakili Fayzulla Poʻlatxoʻjayev band qildi. Kuchli uchlikni esa yana bir Sirdaryo viloyati vakili Faxriddin Amutov yakunlab berdi.

Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:

“Eng yosh ishtirokchi” (qiz bolalar oʻrtasida) – Mashhura Ibragimova (7 yosh),

“Eng yosh ishtirokchi” (oʻgʻil bolalar oʻrtasida) –Ayubxon va Amirxon Sarinovlar (3 yosh),

“Eng yoshi katta ayol ishtirokchi” – Shahlo Mirzaqulova (46 yosh),

“Eng yoshi katta erkak ishtirokchi” – Shahzod Ahmedov (62 yosh),

“Eng faxriy ishtirokchi” – Qoʻziboy Abdullayev (74 yosh),

“Eng faol tashkilotchi” – Habibullo Shodiyev,

“Yengil atletika fidoyisi” – Roza Zyangurova,

“Doimiy hamkorlik uchun” – Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?