Gulistonda Prezident saylovi mavzusiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkaziladi

19:08 30 Iyun 2021 Siyosat
1140 0

Ertaga, 1-iyul kuni Guliston shahrida “Prezident saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: Oʻzbekiston va xorij mamlakatlar tajribasi” mavzusida onlayn va oflayn shaklda xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Konferensiyaning tashkiliy qoʻmitasi taqdim etgan axborotga koʻra, u Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi va Barqaror rivojlanish markazi va Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Konferensiya xalqaro sheriklar - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) koʻmagida boʻlib oʻtadi.

Konferensiyada saylovlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va saylov qonunchiligi rivojlanish tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish, shuningdek, saylov qonunchiligi va amaliyotini yana-da takomillashtirish yuzasidan tajriba va fikr almashinadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda saylov meʼyorlarini tizimli va izchil demokratlashtirish va liberallashtirish boʻyicha erishilgan natijalar, shuningdek, jamiyat va davlat hayoti, chinakam demokratiya, adolatli saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilik va ekspertlarni xabardor qilish mazkur anjumanning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Xalqaro konferensiya ishida parlament, sud tizimi, Markaziy saylov komissiyasi, mamlakatning yetakchi ilmiy-tahliliy markazlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari boʻyicha Byurosi (YEXHT DIIHB, shuningdek, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari qatnashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Parlamentlararo Ittifoq, Rossiya va Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotlar markazi vakili, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va Inson huquqlari boʻyicha Byurosi (YEXHT DIIHB) hamda Qirgʻiziston Respublikasi Taraqqiyot siyosati instituti, J. Neru universiteti (Hindiston) vakillari maʼruzalari bilan chiqish qiladilar.

Konferensiyada pandemiya sharoitida saylov jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish, saylov tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solishni yana-da kengaytirish masalalari ham keng muhokama qilinadi.

Yakunda Oʻzbekistonning saylov siyosati va qonunchiligini takomillashtirishga oid tavsiyalardan iborat Guliston hujjatini qabul qilish nazarda tutilgan.

Ahmadali SHERNAZAROV
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер