Gulistonda Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

10:57 18 Noyabr 2020 Siyosat
285 0

Guliston shahrida 12-17-noyabr kunlari Oʻzbekiston — Qozogʻiston demarkatsiya qoʻshma komissiyasida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Komissiya Mangistau viloyati bilan chegaradosh boʻlgan Qoraqalpogʻiston tarkibidagi uchastkasi uchun davlatlararo chegarani belgilash boʻyicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.

Komissiya yigʻilishi davomida Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyati bilan chegarasi boʻylab Oʻzbekiston Respublikasining Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi oʻtkazildi.

Muzokaralar doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?