Gulistonda MCHJ rahbarining kirdikorlari fosh boʻldi

17:50 05 Avgust 2022 Jamiyat
329 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.i.” MCHJ rahbari U.A. va boshqalar fuqarolardan goʻyoki investitsiya koʻrinishida pul mablagʻini jalb etib, har oy oʻn foiz ustama toʻlovlari toʻlab berishga ishontirib, 5 nafar fuqaroning 105,8 mln soʻmi va 17 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?