Gulistonda bolasini 17 ming dollarga pullayotgan ona qoʻlga olindi

22:23 21 Iyul 2020 Jamiyat
548 0

Gulistonda bugun oʻz farzandini 17.000 AQSH dollariga pullayotgan ona qoʻlga olindi.

Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda, 21.07.2020-yilda olingan tezkor maʼlumotlarga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “maxsus xaridor” sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X.ga 1995-yilda Guliston tumanida tugʻilgan fuqaro A.Oʻ, 15.07.2019-yilda tugʻilgan farzandi “Oʻ.L.”ni 17.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, Guliston shahri, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, “Shohruh” mehmonxonasi oldida farzandi L.Oʻ.ni “maxsus xaridor”ga berib, evaziga undan kimyoviy ishlov berilgan 17.000 AQSH dollarini olib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatda yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?