Guliston shahrida Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

Foto: Xalq so‘zi
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida oʻtkazilgan ushbu tantanada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev yurtdoshlarimizni ushbu qutlugʻ sana bilan tabrikladi.
— Mamlakatimiz Konstitutsiyasi ijtimoiy hayotning barcha sohasida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda huquqiy kafolati boʻlib kelmoqda, —dedi Akmaljon Mahmudaliyev. — Zero, Asosiy Qonunimiz ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va rivojlantirilishi bosqichlari mustaqillik tarixi bilan bevosita bogʻliq. Har qanday jamiyatda Konstitutsiya ijtimoiy taraqqiyot surʼatlariga taʼsir koʻrsatadigan muhim manba, taraqqiyot moʻljallarini belgilash imkonini beradigan huquqiy hujjat hisoblanadi.
Taʼkidlandiki, keyingi yillarda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili islohotlarning bosh qoidasiga aylantirildi. Kelajakda ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladigan oʻzgarishlar tizimli ravishd aolib borilishi uchun, eng avvalo, “inson – jamiyat – davlat” tamoyili konstitutsion norma sifatida mustahkamlanmoqda.
Tantanada bir guruh faol yurtdoshlarimizga “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Soʻngra Vatanga muhabbat va sadoqat, tinchlik, doʻstlik, hamjihatlik kabi ezgu gʻoyalarni tarannum qilgan bayram konserti namoyish etildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring