Guantanamo qamoqxonasining eng keksa mahbusi ozodlikka chiqarildi

15:19 19 May 2021 Dunyo
494 0

Foto: AP

Guantanamo qamoqxonasidagi eng keksa mahbus boʻlgan 73 yoshli pokistonlik Sayfullah Parach ozodlikka chiqarilgan.

“U 16 yildan ortiq vaqt davomida hibsda ushlab turildi”, deydi uning advokati Shelbi Sallivan-Bennis.

Advokatning soʻzlariga koʻra, Parach «Al-Qoida» terrorchilar guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan. Ammo sobiq tadbirkor terrorizmga aloqadorligini rad etib kelgan. Uzoq davom etgan mahkamalardan soʻng uning bu jinoyatda aloqasi borligi isbotlanmagan. Parach  2003-yilda Tailandda hibsga olinib, 2004-yilda Guantanamoga joylashtirilgan edi.

Advokatning qoʻshimcha qilishicha, Parach yaqin bir necha oy ichida Pokistonga qaytadi.

Avvalroq Guantanamo qamoqxonasidagi eng xavfli jinoyatchilar saqlanadigan blok yopilgani haqida xabar berilgan edi. Qamoqxona xodimlari barcha mahbuslarni 7-lagerdan qoʻshni 5-lagerga koʻchirishgan. 

Joriy yilning fevral oyida AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Guantanamo qamoqxonasini yopish jarayonini boshlagani maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?