Gruziyaga parvoz qilishda nimalar talab etilishi maʼlum qilindi

21:49 24 Iyul 2021 Jamiyat
561 0

Gruziyaga borishni istagan barcha yoʻlovchilar quyidagi talablarni bajarishlari kerak, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

– PZR usuli bilan yangi koronavirus infeksiyasining mavjud emasligi uchun testdan oʻtish.

Sinov Gruziyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilishi va ingliz tilida toʻldirilishi kerak. Ushbu talab 10 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllanilmaydi.

Test oldindan tasdiqlanishi va ushbu havoladan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak:

www.registration.gov.ge

– Parvozdan oldin yoʻlovchilar ushbu havoladagi onlayn-shaklni toʻldirishlari lozim:

https://registration.gov.ge/pu...

Ushbu shakl parvozga roʻyxatdan oʻtkazishda mobil telefonga yuklangan boʻlishi yoki yoʻlovchining qoʻlida bosma shaklda boʻlishi kerak.

Talablarni bajarmagan yoʻlovchilarga Toshkent – Tbilisi qatnoviga ruxsat berilmaydi.

Istisno:

• Gruziya fuqarolari

• COVID-19ga qarshi emlashning toʻliq kursini tugatgan va qoʻllarida emlashning ingliz tilida tasdiqlangan sertifikati boʻlgan yoʻlovchilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?