Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi

20:13 14 Mart 2023 Sport
1318 0

24-26-mart kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi. 

Jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun yirik ochkolar oʻynaladigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi musobaqa uchun 12 nafar sportchini saralab olgan. Xususan, erkaklar terma jamoamiz turnirda zaxira tarkib bilan qatnashadi.

Erkaklar:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov

-60 kg: Doston Roʻziyev

-66 kg: Manuchehr Shirinov

-73 kg: Shahram Ahadov

-73 kg: Obidxon Noʻmonov

-81 kg: Muso Sobirov

-81 kg: Hikmatilloh Toʻrayev

-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

-100 kg: Muhammadqodir Mansurov

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?