Gripp va koronavirus: Ularni bir-biridan qanday farqlash mumkin?

Foto: Arxiv surat
Shu kunlarda koʻplab mamlakatlarda gripp epidemiyasi avj olmoqda. Biroq bu xastalik belgilari “omikron” shtammi alomatlari bilan deyarli bir xil.
Xoʻsh, tibbiy tahlillarsiz ushbu kasalliklarni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Xorijlik olimlar bu boradagi xulosalari bilan oʻrtoqlashdi.
Ularning fikricha, gripp virusining inkubatsiya davri ancha qisqa — 1-2 kunni tashkil etadi. Koronavirusning yashirin muddati esa uzoqroq — 4-6 kun davom etadi. Demak, grippga chalingan bemor bilan muloqotdan bir kun oʻtib, betob boʻlib qolsangiz, sizga ham mazkur infeksiya yuqqani ehtimoli yuqori.
Qolaversa, odatiy gripp koʻpincha mushak, boʻgʻim va suyaklar hamda bosh ogʻrigʻini keltirib chiqaradi.
Har ikki xastalik tana haroratining keskin koʻtarilishi, tomoq ogʻrigʻi, yoʻtal va umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Burun oqishi va 37 daraja atrofidagi isitma esa boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga xos. Lekin aniq tashxis uchun PZR-test talab etiladi.
Shunga qaramay, har ikki kasallikning yengil shakllarida statsionar muolaja choralari bir xil: yotoq rejimi, koʻproq suyuqlik ichish, harorat 38 darajadan oshganda va bosh ogʻriganda isitma tushiruvchi hamda ogʻriq qoldiruvchi dorilar ichish talab etiladi. Eng muhimi, uy sharoitidagi muolajalar kamida bir hafta davom etishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring