“GREEN CITY” ekoaksiyasida 383 ming tup koʻchat ekiladi

17:58 12 Noyabr 2020 Jamiyat
185 0

Xonobod shahri azaldan yashil maydon hisoblangan. Bu yerda yuzdan ortiq noyob daraxtlar parvarishlanmoqda. Biroq, oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan maydonlar ham yoʻq emas. Shu bois qir-adirlar yonbagʻriga manzarali daraxt koʻchatlari ekish mavsumiga start berildi.

— Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Xonobod shahar hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan “GREEN CITY” ekoaksiyasida bir kunda 3150 tup koʻchatlar oʻtqazildi, — deydi boshqarma Matbuot xizmati rahbari Lochinbek Isomiddinov. — Aksiya 2021-yilning aprel oyiga qadar davom etadi.

Mavsum mobaynida birgina Xonobod shahrining oʻziga 383 ming tup manzarali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?