“Gʻoyadan gʻalabagacha” yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi

11:25 09 Dekabr 2021 Jamiyat
200 0

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami arafasida yoshlarda tadbirkorlikka koʻnikma va ragʻbat uygʻotish, gʻoyalarini roʻyobga chiqarishiga turtki berish maqsadida Fargʻona viloyati prokurori tashabbusi bilan “Gʻoyadan gʻalabagacha – yosh tadbirkorlar forumi” tashkil etildi.

Birinchi bosqichida tuman (shahar) prokurorlari masʼulligidagi 2-sektor yoshlari tadbirkorlik sohasidagi zarur bilim va malakalarga ega boʻlishlari uchun turli seminar-treninglarda ishtirok etdilar hamda ular yirik ishlab chiqaruvchi va hunarmandlar faoliyati bilan bevosita tanishtirildi.

Sanʼat saroyida oʻtkazilgan tadbirning asosiy bosqichida 2-sektor yoshlari bilan birga viloyatning boshqa faol yoshlari ham qatnashdi.

Forumni Fargʻona viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilov ochib berdi. Shundan soʻng, “MFaktor” va boshqa biznes spikerlari, taniqli tadbirkorlar oʻz muvaffaqiyat sirlarini yoshlar bilan oʻrtoqlashib, ularga motivatsiya va oʻzlarining zarur tavsiyalarini berdilar.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, tadbir soʻngida faol yoshlarga va tadbir ishtirokchilariga viloyat prokurorining esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yoshlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?